"Siti" "Liverpul"ni dog‘da qoldirmoqchi
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirmoqchi.
Oldinroq, ispaniyalik futbolchi "Liverpul"ga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Sport Bild insayderi Tobi Altsheffl Alkantara uchun "Manchester Siti" ham kurashga qo‘shilgani haqida ta’kidlab o‘tmoqda.
Myunxenliklar bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadigan yarim himoyachi o‘tgan mavsumda Bundesligada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol kiritdi.
Fikrlar