“Siti” markaziy himoyachini quyi ligaga jo‘natib yuboradi

  • 30.01.2026 07:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati istiqbolli yosh markaziy himoyachi Stiven Mfuni ni ijaraga berishga qaror qildi.

Klub rivojlanish strategiyasida yosh futbolchilar uchun puxta tanlangan ijaralar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu asosiy tarkibda kuchli raqobat sharoitida doimiy o‘yin amaliyotiga muhtoj bo‘lgan iste’dodlar uchun muhimdir.

“Manchester Siti” rahbariyati Angliya Chempionshipini futbolchining har tomonlama rivojlanishida muhim maktab vazifasini o‘taydigan musobaqa, deb biladi. Xususan, Stiven Mfuni kabi yosh markaziy himoyachi uchun Angliya ikkinchi divizionidagi o‘yinlar sonini ko‘pligi va turli hujum uslublari bilan to‘qnashish uning rivojlanishini jadallashtirishda bebahо tajriba bo‘ladi.

Jurnalist Alan Nikson ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” 17 yoshli Mfuni ni tajriba orttirishi uchun ijaraga beradi va hozirda buning uchun Chempionship klubini qidirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, “Manchester Siti” Mfuni ni katta ehtimol bilan “Sheffild Uensdey”ga jo‘natadi. Chunki  The Sheffield Star nashri  jurnalisti Jo Krann bu klub Mfuni ga vaqtinchalik shartnoma taklif qilishga tayyorligini yozdi.

Bu variant “shaharliklar” talablariga to‘liq mos keladi. Chempionship sharoiti Mfuni uchun ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan jiddiy sinov bo‘lib, tajribali professionalarga qarshi o‘yinlarda qaror qabul qilish va pozitsion intizomini takomillashtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!