“Siti” oʻz yulduzi “Real”ga oʻtib ketmasligi uchun unga darrov shartnoma berdi

  • 04.04.2026 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Rodrigga shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif berdi.

Bu xabarni jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tarqatdi.

Angliya klubi Rodrigga jiddiy moliyaviy shartlarga asoslangan yangi kelishuv taklifini yo‘lladi. Agar o‘yinchi yangi shartnomani imzolashdan bosh tortsa, APL klubi 2026 yil yozida uning uchun ehtimoliy xariddordan katta miqdorda pul talab qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq futbolchiga Madriddning “Real” klubi qiziqayotganini xabar qilingan edi. Rodrigning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi “Manchester Siti” safida barcha turnirlarda 28 o‘yin o‘tkazib, ikki marta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!