"Siti" Rodrining "cho‘ntagini pulga to‘ldirmoqchi"
"Manchester Siti" yarim himoyachi Rodriga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Ispaniyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. U haftasiga 180 ming funt maosh oladi.
"Shaharliklar"ning rejasiga ko‘ra, klub u bilan shartnomani 2028 yilga qadar uzaytirmoqchi va futbolchiga 300 ming funt maosh to‘lash niyatida.
Shu tariqa, klub uni liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirmoqchi.

Fikrlar