
"Siti" taklif qilgan narx "Sevilya"ga yoqmadi
“Sevilya” rahbariyati himoyachi Jyul Kunde transferi bo‘yicha “Manchester Siti” yuborgan taklifni qabul qilmadi.
“Shaharliklar” 22 yoshli frantsiyalik himoyachi uchun 55 million evro berishni istagandi. “Sevilya” sport direktori Ramon Monchi bu taklifni qabul qilmaganini aytdi. Ispanlar o‘z futbolchisini bundan yuqori narxga sotmoqchi ekanini yashirmayapti.
Jyul Kundening o‘zi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa-da, e’tiborga molik natija qayd etgani yo‘q.
Fikrlar