“Siti” va “Chelsi” bir darvozabonni talashyapti

  • 7 aprel, 08:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya Premer-ligasida darvozabonlarga jiddiy talablar qo‘yiladi. Shu bois ingliz klublarida doimiy tarzda yuqori saviyali golkiperlarga ehtiyoj sezib keladi.

Bu mavsum “Manchester Siti” va “Chelsi” yangi posbon qidiryapti. Har ikki klubning manfaatlari bir darvozabon ustida to‘qnash keldi. “Shaharliklar” ham, “aristokratlar” ham “Torino”ning 28 yoshli futbolchisi Vanya Milinkovich-Savichni nishonga oldi.

Tuttosport nashrining yozishicha, “Chelsi” ustozi Entso Mareska Robert Sanches va Flhilin Yorgensenning o‘yinidan norozi. Xosep Gvardiola esa, anchadan beri 31 yoshli Edersonga o‘rinbosar tanlayapti.

Manbaga ko‘ra, Milinkovich-Savichning  klub bilan kelishuvi bir yildan keyin tugaydi. Uning bitimida 20 million evrolik badal summasi ko‘rsatilgan.

Bu darvozabon joriy mavsumda 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, shulardan o‘ntasida gol o‘tkazgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!