“Siti” yulduzini ikki top-klub so‘rayapti

  • 14.02.2026 07:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” klubi va Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Jon Stounz kelasi yozda qadrdan jamoasini tark etishi tobora oydinlashib bormoqda.

Klub rahbariyati tarkibni yangilash va yoshartirish siyosatini davom ettiradi va 31 yoshli Stounzning 30 iyun kuni tugaydigan shartnomasi uzaytirilmaydi.

Caught Offside jurnalistlari ma'lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni bir necha klublar sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Xususan, Italiya va Ispaniya chempionatlari vakillari Stounzni o‘z ligalariga olib kelish istagini bildirmoqda.

Ayniqsa, “Atletiko” va “Milan” singari qudratli klublar tajribali o‘yinchi bilan hamkorlik o‘rnatmoqchi. Avvalroq, Bundesliganing amaldagi chempioni “Bavariya” ham Stounzga ish berishga tayyorligi xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!