"Сити"ning ijaradagi yulduzi jiddiy jarohat oldi

  • 21.01.2026 18:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Everton"da ijara asosida to‘p surayotgan "Manchester Siti" klubi qanot hujumchisi Jek Grilish yaqin orada liverpullliklarga yordam bera olmaydi. Bu haqida insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 21 yanvar kuni "irislar" tibbiy shtabi tekshiruv o‘tkazgan, natijada ilgari taxmin qilingan oyoq panjasining stress sinishi tashxisi tasdiqlangan.

Qayd etilishicha, angliyalik vingerning taxminiy tiklanish muddati uch oy.

Joriy mavsumda Grilish "Everton"ning barcha musobaqalardagi 22 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!