“Siti”ning ikki yulduzi bir jamoaga ketmoqchi

  • 21 iyul, 16:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning yoshi katta futbolchilaridan yana ikki nafari klubni tark etishga yaqin tribdi. Germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundog‘an va braziliyalik darvozabon Ederson faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Turkiyalik jurnalist  Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lining ma’lum qiligicha, har ikki legioner “Galatasaroy”ga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Xosep Gvardiola tarkibni yoshartirish siyosatini davom ettirmoqda. Hozirga qadar Kevin le Bryuyne, Kayl Uoker va Karson Skott kabi yoshi o‘tib qolgan futbolchilar jamoani tark etib bo‘ldi.

31 yoshli Ederson va 34 yoshli Gyundog‘anning “shaharliklar” bilan shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi. Klub ularga yangi bitim taklif qilgani yo‘q, aksincha, bu pozitsiyalarga yosh ijrochilarni qidiryapti.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” rahbariyati yoshi o‘tib qolgan futbolchilarni shu yozning o‘zida qo‘yib yuborishga tayyor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!