Siz Xavini bu holatda hech qachon ko‘rmagansiz (FOTO)
Afsonaviy Xavi ustozlik qilayotgan Qatarning “Al-Sadd” klubi Osiyo Chempionlar ligasi pley-offidan o‘rin olgan Qatarning boshqa bir jamoasi – “Al-Duxayl” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
O‘yin so‘nggida hakam garchi to‘p himoyachining qo‘liga tekkaniga qaramay “Al-Duxayl” darvozasiga penalti belgilamadi. Bu esa “Al-Sadd” ustozi Xaviga yoqmadi va u jahl ustida maydon chetidagi elim idishdagi suvni tepib yubordi. Natijada uning oyoq kiyimi ham chiqib ketdi.

Endi ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar