Skaloni: "Messi haqida gapiradigan gap qolmadi"
Argentina finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan uchrashuvda Messi hisobni ochuvchi golni kiritdi va bitta assist ham amalga oshirdi. O‘yindan keyin bosh murabbiy Lionel Skaloni futbolchi haqida gapirdi.
"Ba’zida biz argentinalik bo‘lganimiz uchun Messini eng zo‘ri deyishimiz mumkin, lekin men uning darajasiga shubha qilmayman. U har safar maydonda harakat qilganida jamoadoshlariga katta motivatsiya bo‘ladi. Messi haqida aytadigan gap qolmadi", dedi yoshli mutaxassis.
"Buni so‘z bilan ifodalash qiyin. Bu argentinalik sifatida doimo orzu bo‘lib kelgan narsa. Xalqimiz bizni qanday qo‘llab-quvvatlamoqda.Bu unutilmas. Biz tarix yaratmoqdamiz", - deya qo‘shimcha qildi Skaloni.

Fikrlar