Sky Germany: "Real" Yovich bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

  • 17.05.2019 00:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Ayntraxt" klubi forvardi Luka Yovich faoliyatini "Real"da davom ettiradi.

Sky Germany nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli serbiyalik futbolchi “qirollik klubi” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Ushbu kelishuvga ko‘ra uning yillik maoshi 10 million evroni tashkil etadi.

Ma’lumotlarga qaraganda Yovichning transferi “Real”ga 60 mln evroga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Yovichning transferini Bundesliganing 34-turidan o‘rin olgan "Ayntraxt" va "Bavariya" uchrashuvidan so‘ng e’lon qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!