
Sky Sports O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi
JCh-2022 saralash bosqichida Singapur terma jamoasi O‘zbekistonni qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan jahonga mashxur Sky Sports nashri prevyu berib o‘tdi.
Manbaning bergan prevyusiga ko‘ra, O‘zbekistonning so‘nggi 6 ta o‘yini noto‘g‘ri kiritilgan.
10.10.2019 O‘zbekiston 5:0 Yaman
02.06.2019 Turkiya 2:0 O‘zbekiston
20.12.2018 Janubiy Koreya 4:0 O‘zbekiston
16.10.2018 O‘zbekiston 2:0 Qatar
11.09.2018 O‘zbekiston 0:1 Eron
08.06.2018 Urugvay 3:0 O‘zbekiston
Ko‘rib turganingizdek, Sky Sports terma jamoamizning so‘nggi 6 ta o‘yinini kiritishda orada bo‘lib o‘tgan bir qator o‘yinlarni qoldirib ketgan. Aslida so‘nggi 6 ta o‘yinimizning ko‘rinishi quyidagicha:
10.10.2019 O‘zbekiston 5:0 Yaman
09.09.2019 Iroq 0:0 O‘zbekiston
05.09.2019 Falastin 2:0 O‘zbekiston
11.06.2019 O‘zbekiston 2:0 Suriya
07.06.2019 O‘zbekiston 4:0 KHDR
02.06.2019 Turkiya 2:0 O‘zbekiston
Eslatib o‘tamiz, Singapur - O‘zbekiston bellashuvi 15 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da boshlanadi.
Fikrlar