Slavche Voyneski: "Hisob o‘yinga yarasha bo‘ldi"
"Paxtakor" klubi “Olimpik” bilan bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng, “Paxtakor” ustozi Slavche Voyneski o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Biz o‘yinni tushunarsiz, g‘alati boshladik. Dastlabki 10 daqiqada yomon to‘p tepdik. O‘yinga kirishishimiz yaxshi kechmadi. Buning natijasida “Olimpik” gol urib ketdi. 15-daqiqada bir kishi kam bo‘lib qolganimizdan so‘ng o‘yinimiz yaxshi tomonga o‘zgardi. Futbolchilar xarakter ko‘rsata olishdi. Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsam, “Olimpik” safida harakatchan yosh futbolchilar bor. Bugungi o‘yinimizni yaxshi ham, yomon ham deb bo‘lmaydi. Hisob o‘yinga yarasha bo‘ldi.
Zamonaviy futbolda butun jamoa himoyalanishi va hujumga o‘tishi kerak. “Olimpik”ning bosim qilishini bilar edik. Himoyadagi ijrochilarimiz zo‘r o‘ynamagan bo‘lishi mumkin. Biz bunga jamoaviy qarashimiz kerak. Mashg‘ulotlarda shularning ustida ishlaymiz.
Sharkichni olishimiz taktik o‘zgarishga bog‘liq. Holatga qarab Sobirxo‘jaevni tushirdik. Chunki qiyin vaziyatda edik. Sardor esa raqiblarni yaxshi biladi. Sharkich bugun yaxshi o‘ynadi. Keyingi uchrashuvlarda yana imkoniyat beramiz.
"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar