Slot: "Himoyani kuchaytirish hujumdan voz kechish degani emas"

  • 05.01.2026 03:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa yorqin hujumkor oʻyindan voz kechib, himoyada ishonchliroq harakat qilayotgani haqidagi savolga javob berdi.

"Men murabbiy sifatida oʻzgarganim yoʻq. Agar himoya nuqtai nazaridan mumkin boʻlganda, mamnuniyat bilan sakkizta hujumchi bilan oʻynagan boʻlardim. Ammo agar oʻsha sakkiz hujumchi yetarlicha himoyalanmasa, oʻyinda gʻalaba qozonish juda qiyin.

Sizningcha, biz koʻproq gol oʻtkazgan paytlarda koʻproq golli vaziyatlar yaratganmizmı? Qiziq, bu rostdan ham shundaymi?

Aytdigimdek, men hozirgidan besh barobar koʻproq imkoniyat yaratishni va bir vaqtning oʻzida raqibga umuman imkoniyat bermaslikni istayman.

Arne Slot manager of Liverpool gestures prior to the Premier League match between Fulham and Liverpool at Craven Cottage on January 4, 2026 in...

Ammo shuni ham bilamanki, oldinroq biz boshqacha tarkibda yoki ochiqroq oʻynagan paytlarimizda, menimcha, unchalik koʻp qoʻshimcha imkoniyat yaratmaganmiz, aksincha, juda koʻp gol oʻtkazib yuborganmiz. Afsuski, hozir biz raqibga unchalik koʻp vaziyat bermayapmiz, ammo gollar nuqtai nazaridan qaraganda, ehtimol, baribir kam emas", — dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!