Slutskiy: Hakam yoki sotilgan, yoki futbolni tushunmaydi
Rossiya premer-ligasi birinchi turidan o‘rin olgan "Rubin" - "Lokomotiv" uchrashuvi mobaynida maydondan chetlatilgan mezbonlar bosh murabbiyi Leonid Slutskiy bosh hakamni keskin tanqid qildi.
"O‘yindan so‘ng, men dunyodagi eng tajribali hakamlardan biri Born Kuypers bilan bog‘landim. Men hattoki yozishmalarimizni ham ko‘rsatishim mumkin. Uning fikricha, darvozabon to‘pga o‘ynamagan. Bu - penalti va sariq kartochka.
Ivanov esa videotakrorlarni ko‘ra turib, menga penalti emasligini aytdi. Savol tug‘iladi: Kuypers kuchliroqmi yoki Ivanov? Balki, arbitr futbolni tushunmas, balki u korruptsiyaga yo‘l qo‘ygandir. Ikkala holatda ham echim bitta - uni butun umrga futboldan chetlatish kerak".



Fikrlar