Sobiq hakam: "Bavariya"ning goli qoida bo‘yicha to‘g‘ri hisoblandi"
Sobiq hakam Eduardo Iturralde "Bavariya"ning "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak finalidagi ilk uchrashuvda (2:1) ochgan hisobı qoidabuzarliksiz urilganini ta’kidladi.
Uchrashuvning 41-daqiqasida "Real" qanot hujumchisi Vinisius orqaga noaniq uzatma amalga oshirdi. To‘p myunxenliklar vingeri Maykl Olisening tirsagiga tegib, undan jamoadoshiga yo‘naldi. Natijada "Bavariya" tezkor qarshi hujum uyushtirib, gol urdi.
Madridliklar himoyachisi Din Xauysen ushbu vaziyatda Olise tomonidan qo‘l bilan o‘yin bo‘lganini ta’kidlab, hakamga e’tiroz bildirdi. Biroq bosh hakam Maykl Oliver golni inobatga oldi.
Iturraldening fikricha, ushbu qaror to‘g‘ri bo‘lgan.
"Xouysen qo‘l bilan o‘yin bo‘yicha e’tiroz bildirdi, ammo bu holat mutlaqo beixtiyor sodir bo‘lgan", — dedi sobiq hakam.
Fikrlar