
"So‘g‘diyona" bugundan mashg‘ulotlarini boshlaydi
“So‘g‘diyona” matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa qisqa muddatli ta’tildan qaytdi va bugundan mashg‘ulotlarga kirishadi.
Shuningdek, aytilishicha, selektsiya ishlarini qizg‘in tarzda olib borishmoqda. “So‘g‘diyona”ga Xusniddin G‘ofurov qo‘shilgani va Marat Bikmaev klubni tark etgani haqida ilgari xabar berganmiz. Yaqin orada yana ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Mashg‘ulotlar davomida bir qancha nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Fikrlar