"So‘g‘diyona" Jizzaxda "Paxtakor" ustidan qozonilgan g‘alaba tasodif emasligi isbotlay oladimi?
"Paxtakor" Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sababli kechiktirilgan bellashuvda maydonga tushadi. Birinchi davrada "So‘g‘diyona" g‘olib bo‘lgan edi. Bu galgi bahs jangovor o‘tishi aniq.
Milliy chempionatlar doirasida o‘zaro 49 uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 40 bellashuvda "Paxtakor" g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 4 o‘yinda durang qayd etilgan va 5 bahsda "So‘g‘diyona"ning qo‘li baland kelgan. 123 gol urgan "sherlar" o‘z darvozasidan 39 to‘p o‘tkazib yuborgan. "Paxtakor"ning eng yirik g‘alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan.
Toshkentdagi 24 bahsning 22 tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatini nishonlagan. Shundan 12 g‘alaba yirik natija bilan qo‘lga kiritilgan. O‘z maydonida toshkentliklar 88 gol urib, 18 to‘p o‘tkazib yuborgan. Faqat bir martadan jizzaxliklar yutug‘i va durang qayd etilgan. 1995 yildan beri "So‘g‘diyona" safar o‘yinlarida ochko olmagan.
Paxtakor maydonida o‘tgan so‘ngi besh uchrashuv:
01.10.2019 Paxtakor – So‘g‘diyona 3:0
02.03.2018 Paxtakor – So‘g‘diyona 2:0
26.05.2017 Paxtakor – So‘g‘diyona 3:2
22.10.2016 Paxtakor – So‘g‘diyona 3:0
16.10.2015 Paxtakor – So‘g‘diyona 3:1
"Paxtakor" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 21 oktyabr, chorshanba kuni soat 16:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Fikrlar