"So‘g‘diyona" legioneri bilan shartnomani uzaytirdi
Tajribali serbiyalik legioner himoyachi Marko Kolakovich So‘g‘diyona bilan 2023 yilning 1 dekabrgacha shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Marko Kolakovich joriy yilda 36 ta o‘yinda ishtirok etib jami 3141 daqiqa maydonda harakat qildi.
Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “Coca-Cola Superliga-2022” mavsumda jami 25 uchrashuvda (2097 daqiqa) maydonda harakat qilib 1 ta gol urishga erishdi.

OFK Kubogi doirasida 6 o‘yinda maydonga tushib, 570 daqiqa harakat qildi. O‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi.
O‘zbekiston Kubogida doirasida 5 o‘yinda maydonga tushib bir marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Hamda 474 daqiqa maydonda harakat qildi. Shuningdek, futbolchi 6 marotaba sariq kartochka bilab jazolandi.
“So‘g‘diyona” matbuot xizmati.

Fikrlar