
"So‘g‘diyona" murabbiyi "Nasaf" ustidan qozonilgan g‘alabaga qanday izoh berdi?
“So‘g‘diyona” – “Nasaf” (1:0) o‘yinidan keyin mezbonlar murabbiy Rade Petrovich quyidagicha fikr bildirdi:
"Avvalambor, “Nasaf”ni Superkubokdagi g‘alabasi bilan chin qalbimdan tabriklayman. O‘yinga kelsak, qiyin bo‘lishini bilgandik. Boshida o‘yinni ushlab turdik, birinchi bo‘limda va ikkinchi bo‘limda ham. Chetlatishlar bilan uchrashuv qiyinlashaverdi. Lekin 10 kun davomida tayyorlangan ishlarimiz naf berdi va yakunda g‘alaba qozondik".
Fikrlar