"So‘g‘diyona" nega alamzada? Bu tur kim uchun oxirgi sinov? Siz bunday o‘yinlarni ko‘rmasangiz bo‘lmaydi, sababi...

  • 8 may, 2022, 23:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kechagi Superligamizning 7-o‘yinlariin tugatgandik, darrov 8-tur eshik qoqib turibdi. Uchrashuvlardagi shiddat yanada jiddiy tus olyapti. Chempionatda endi g‘alabasiz klublar qolmadi. Taniqli mutaxassis Bahrom Hakimov navbatdagi juftliklar yuzasidan munosabatini bildirdi.  

10 may (seshanba)

“Neftchi” – “Olimpik”

- “Neftchi” bosh murabbiyi Ilhomjonga oxirgi sinov. Rahbariyat qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Lekin muxlislarni aldab bo‘lmaydi. Nima bo‘lsa ham o‘z uyida ketma-ket yutqazish og‘ir. “Olimpik”ni oladigan bo‘lsak, bundan oldin durang o‘ynadi. To‘g‘risi, “Olimpik” jamoasining o‘yini yoqyapti. Ular shunchaki o‘ynamaydi. Har bir murabbiy Ilhom Mo‘minjonovning holatiga tushib qolishi mumkin. Bu vaziyatdan faqat g‘alaba orqali chiqib ketish mumkin. Muxlislarga nima kerak? G‘alaba! Foiz bo‘yicha qarasak, 60x40. Bu bilan “Olimpik”ni obro‘sini tushirmoqchi emasman. Bilaman, ularga ham g‘alaba kerak. Lekin muvaffaqiyat hozir ko‘proq “Neftchi”ga zarur. Lekin Timur Kapadzening o‘z uslubi bor.

2.Olimpik

“Bunyodkor” – “Metallurg”

- “Bunyodkor” Namanganda yutqazdi. “Metallurg” durang o‘ynadi. Bekobod jamoasida xorijlik murabbiy ishlayapti. Chet eldan mutaxassis kelganidan keyin baribir uning klubi pastda yurmasligi kerak-da. O‘zimizdagi murabbiylar ham klubni o‘sha o‘rinlarda olib yuraveradi. Qaerdadir o‘qib qoldim, ispancha futbol degan gapni. Ispaniyada o‘zining mentaliteti bor. Bizda esa o‘zimizni mentalitetimiz mavjud. Xorijdan kelgan murabbiy arzon pulga ishlamaydi-ku, to‘g‘rimi? Bu juftlikda qiziq o‘yin bo‘ladi. Shuhrat Maqsudovda og‘ir kunlar, jamoasi mag‘lubiyatga uchrayapti. Yoshlarni o‘ynatadimi, kattalarnimi muxlislarga qizig‘i yo‘q, ularga jamoasi yutsa bo‘ldi. “Bunyodkor”ga orqaga qaytish yo‘q. Jamoaning o‘yinlarini ko‘rdim, yoshlar ko‘proq. “Metallurg”da tajribali o‘yinchilar bor. Bu klub yomon o‘yin ko‘rsatmayapti. Agar “Bunyodkor” yana yutqazsa bosh murabbiyga qiyin bo‘lib qoladi.

3 Bunyodkor

11 may (chorshanba)

“Qizilqum” – AGMK

- “Qizilqum” 1-o‘rinda ketyapti. AGMK sardori Sanjar Tursunov o‘tgan turda jarohat oldi. U jamoada katta rol o‘ynaydi. O‘tgan yili Lutfulla To‘raev “Bunyodkor”da qanday muhim o‘yinchi bo‘lgan bo‘lsa, Tursunov ham AGMKda shunday. Menimcha, imkoniyatlar 55x45. “Qizilqum”da katta maqsad qo‘yilgan, tajribali futbolchilar jamlangan. Mablag‘ ham ko‘p ishlatishyapti. Ertaga pul berayotganlar ham natija nima bo‘lyapti, deb so‘rashadi. Menimcha, “Qizilqum”ni g‘olib chiqish imkoniyati ko‘proq.

“Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912”

- Bilaman, “Qo‘qon-1912”ning holati qiyin. “Lokomotiv” ikkita o‘yinda yutib, o‘yinini topib olyapti. Qo‘qon jamoasini boshqarayotgan shogirdim Baxtiyor Ashurmatov ham yutqazishni yomon ko‘radi. Qattiq o‘yin bo‘ladi. “Qo‘qon-1912”da yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Faqat biroz moliyaviy muammo bo‘lganida bu kayfiyatga ham ta’sir qilgandir. Lekin jamoaga pastki pog‘onalarda bo‘lish yarashmaydi. Bu yil o‘zbek futbolini 110 yillik to‘yi. Bayramga munosib bo‘lishi uchun ham qo‘qonliklarga g‘alabalar kerak.

ashurmatov5_1

“Dinamo” – “Navbahor”

- “Navbahor” kuchaygan. Ashaddiy muxlislari har safar g‘alaba kutishadi. Ayniqsa, Osiyo Chempionlar ligasini. Ammo “Dinamo” ham qarab turmaydi. U erda xorijlik murabbiy ishlayapti. Ular katta pul oladi, yaxshi jamoa tuzganini isbotlasin. Futbolchilarni ham o‘zi chaqirgan. Lekin bu uchrashuvda “Navbahor” yutqazmaydi. Biroq “Dinamo” ham mag‘lub bo‘lmaslikka harakat qiladi. Namanganliklarda o‘yinchilarning mahorati bo‘yicha ustunlik bor. “Dinamo” o‘z maydonida muxlislari qarshisida kuchli ishtiyoq bilan to‘p surishi mumkin. Ammo namanganliklar bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormasa kerak. Omad kimga kulib boqsa, g‘alaba o‘sha jamoada bo‘ladi. “Navbahor” futbolchilari saviyali. Klub ana shu saviya orqali ham yutishi mumkin.

1.dinamo

12 may (payshanba)

“Paxtakor” – “Surxon”

- “Surxon” o‘tgan turda “Qo‘qon-1912” ustidan muvaffaqiyatga erishib, ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. “Paxtakor”ni “Nasaf” bilan bo‘lgan uchrashuvini ko‘rdim. “Paxtakor”ning g‘olib chiqish imkoniyatini 70x30 baholayman.

“So‘g‘diyona” – “Nasaf”

- Qattiq kurash bo‘ladi. “So‘g‘diyona” AGMKga yutqazgach, hozir alamzada. “Nasaf” tezroq o‘ziga kelib olishi kerak. Ularning yosh o‘yinchilari Osiyo Chempionlar ligasi 1\8 finaliga chiqdik deb biroz bo‘shashib qolishlari ham mumkin. O‘ylaymanki, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlarini qanday tayyorlashni biladi. O‘tgan turda muxlislar “Nasaf” “Paxtakor”ni yutadi deb o‘ylagandi. Jizzaxdagi o‘yinda 50x50, imkoniyatlar teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
09/05/2022 11:49
Nasaf balkim Pahtakor bilan durang uynagandur lekin butun Uzbek muhlislari oldiga galaba gazondi. Pahtakor ayrim akahonlari dastidan yana uz hurmati yoqotdi. Nasaf esa muhlislarni qalbini zap etishka davom etapti HALQ jamoasi. Sugdiyona bilan uyinga kelsak. nimagader hamma klub stadiyoni talabka javob bermasa netral poliyaga uynaydi. lekin bu qoida Sugdiyonaga emas. Jizzahlik kup muhlisla bilan gaplashaman toshkentdan qaytkuncha. Sugdiyonani muhlislari uzi. bunoqa holat yoqmaydigani. aytishadi. sababi. hamma biladiki