
"So‘g‘diyona" OFK kubogidagi navbatdagi o‘yinini jazirama issiq vaqtida o‘tkazadi
17 avgust kuni "So‘g‘diyona" "Xo‘jand"ga qarshi uchrashuvni 15:30 da boshlaydi. Boisi Xo‘janddagi stadion projektorlari talabga javob bermaydi. Bu haqda Diyor Imomxo‘jaev o‘zining "Telegram" kanalida xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Tojikiston tomoni 16:00 variantini OFK uchun taklif qilgan. Biroq uchrashuv pley-off maqomida ekani va penaltilar seriyasiga qadar davom etishi ehtimoli bor ekanidan kelib chiqib, OFK 15:30 variantida to‘xtalgan.
Unutmaslik kerak, bu vaqtda havo harorati yuqori bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, "Xo‘jand" uchrashuvni Dushanbeda ham o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Ammo OFK bunda "Xo‘jand"ning yashash harajatlarini qoplab bermaydi.
Fikrlar