So‘nggi stadion ham “MYu” taslim bo‘ldi
“Manchester Yunayted” shu paytgacha premer-liga bahslarini qabul qilgan 59 ta stadionning barchasida gol urgan jamoaga aylandi.
Sulsher shogirdlari safar uchrashuvida “Tottenxem” bilan kuch sinashib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
“Tottenxem Xotspur Stedium”dagi gol penaltini aniq amalga oshirgan Brunu Fernandesh hisobiga yozildi.
Bungacha “Liverpul” Angliya premer-ligasi o‘tkazilgan barcha stadionlarda gol ura olgan yagona jamoa nomini o‘zida saqlab turgan edi.

Fikrlar