
So‘nggi umid! Mundial uchun oxirgi yo‘llanmalar o‘ynaladigan qit’alararo pley-off bahslari haqida
Qit’alararo pley-off qanday formatda va qaerda o‘tkaziladi?
Ushbu "kichik turnir" 23-31 mart kuni o‘tkaziladi va unda 6 ta terma jamoa ishtirok etadi.
KONKAKAF - (Shimoliy Amerika) 2 ta;
KONMEBOL (Janubiy Amerika)- 1 ta;
OFK - (Osiyo) 1 ta;
KAF - (Afrika) - 1 ta;
OFK - (Okeaniya) - 1 ta.
Terma jamoalar FIFA reytingiga ko‘ra, ikki guruhga ajratiladi. O‘z guruhlarida eng yuqori reytingga ega bo‘lgan ikki terma to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalga yo‘l oladi. Qolgan 4 ta terma jamoa yarim finalda ishtirok etadi. Final bahslari g‘oliblari esa Jahon chempionatiga so‘nggi ikki yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Mazkur pley-off bosqichi eksperiment sifatida o‘tkaziladi. Ushbu "kichik turnir"ga Meksika mezbonlik qilishi kutilmoqda. Hozircha Okeaniyadan Yangi Kaledoniya ushbu pley-off bahslarida ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurgan.
Qayd etish lozim, ushbu bosqich terma jamoalar uchun so‘nggi umid sanaladi. Ya’ni Mundial uchun eng so‘nggi ikki yo‘llanma shu erda o‘ynaladi.
Fikrlar