Spallettining iste’fosi "Inter"ga qanchaga tushadi?
Bor bundan avvalroq “Inter” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 60 yoshli mutaxassisni iste’foga chiqarish “neradzurrilar”ni yaxshigina moliyaviy zarar etkazishi mumkin. Aniqrog‘i, agar “Inter” Spalletti bilan kelishuvni bekor qilsa, unga naqd 25 mln evro tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” joriy mavsum A Seriyani 4-o‘rinda yakunladi va Chempionlar ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar