“Spartak” bir necha futbolchidan qutilmoqchi. O‘runov nima qiladi?

  • 8 sentabr, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida katta tanaffusdan so‘ng birinchi o‘rinni egallab turgan Moskvaning “Spartak” jamoasi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko tarkibni optimallashtirish kerakligini ta’kidlamoqda.

Tecno

Hozircha, moskvaliklar yangi mavsum uchun atigi ikki nafar yangi o‘yinchisini taklif qilgan. Bular hujumchi Aleksandr Kokorin va yarim himoyachi Oston O‘runovdir. Kokorin jarohatini davolatib, sport formasini tiklash bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, Oston O‘runov chempionatning oltinchi turida “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda debyutini nishonladi. “Spartak”ni birinchi o‘ringa olib chiqqan o‘sha bahsda o‘zbekistonlik legioner 25 daqiqa to‘p surib, muxlisu mutaxassislarda iliq taassurot qoldirdi.

Bosh murabbiyi Domeniko Tedesko klub rahbariyatiga ayni paytda qo‘l ostida 24 nafar futbolchi shug‘ullanayotgani, bu uning mashg‘ulotlar dasturiga to‘g‘ri kelmasligini va ro‘yxatni qisqartirish kerakligini bildirdi.  

145911-27

- Har bir futbolchi o‘ynashni istaydi. Bizda hozir 24 nafar o‘yinchi bor. Bu juda ko‘p. Hammasi maydonga tushirishimdan umidvor. Masalan, Glushenkovning kuchli tomonlari bor. Lekin yosh futbolchi sifatida ayrim jihatlarini rivojlantirishi kerak. Agar o‘z ustidan ishlashga hojat qolmaganida shogirdlarim ideal futbolchiga aylangan bo‘lardir. Hozir esa bunday emas.

Biz har bir futbolchiga e’tibor qaratishimiz shart. Har biriga alohida dastur bo‘yicha topshiriq beraman. Kim qiynalsa, muloqotga tayyormiz. Hamma uchun eshigim ochiq. Hech kim norozi bo‘lishi kerak emas, - dedi Tedesko.

“Spartak”ning eng raqobat kuchli pozitsiyasi bu yarim himoya bo‘lib qolmoqda. Oston O‘runov ham aynan maydon markazida to‘p suradi. Ayni paytda klub rahbariyati ayrim o‘yinchilarni ijaraga yubormoqchi. Hozircha, ular orasida Ostonning nomi zikr etilganicha yo‘q. Chunki uning asosiy raqobatchisi Gus Til kuni kecha Bundesligaga yo‘l oldi. O‘runov uning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Lekin hamyurtimiz uchun bu oson bo‘lmaydi. Til ketganiga qaramay, maydon markazida o‘ynaydigan da’vogarlar etarlicha topiladi. Asosiy tarkibga kirish tugul, zaxiradan o‘yinga tushish uchun ham ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keladi.  

urunov-spartak-withball_1

“Spartak” uchun yangi mavsum alohida ahamiyat kasb etadi. Bu klub avvalgi mavqeini tiklab, milliy chempionatda  “Zenit” gegemonligiga barham berish va Evropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishni maqsad qilgan.

Qariyb uch yarim yillik tanaffusdan so‘ng, premer-ligada birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan  “Spartak” bir guruh futbolchilarni ijaraga berishni boshladi. Ular orasida xorij chempionatlaridan taklif olgan mahoratli futbolchilar ham bor. Xususan, Gus Til (“Frayburg”), Pedro Rosha (“Flamengo”) jamoasiga yuborilgan. Georgiy Melkadze (“Axmat”), Aleksandr Lomovitskiy (“Ximki”), Artem Timofeev (“Axmat”) mavsumni Rossiyaning boshqa jamoalarida o‘tkazadigan bo‘ldi.

hlSLCkqc2Y8

Bosh murabbiy Domeniko Tedesko jurnalistlarga son jihatidan katta tarkib bilan ishlashga o‘rganmaganini tan oldi. Uning uslubi har bir futbolchi bilan alohida muloqot qilish,  har birining o‘yinini tahlili qilish orqali ularga vazifa yuklash, jamoaviy  mashg‘ulotlar va ikki tomonlama bellashuvlarda bir paytning o‘zida barcha futbolchilardan foydalanish kabi maxsus dasturlarga asoslangan.

“Spartak”ning eng qimmat futbolchisi ketishiga O‘runov sababchimi?

Shomurodov, Jaloliddinov va O‘runovga Evropa eshigi ochiladimi?

Legionerlarimiz kubok uchun kurashadi. 20 million mukofoti ham bor!

O‘runovning o‘yinini o‘zgartirmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!