
"Spetsiya"ga qarshi o‘ta muhim bahsda "Jenoa" etakchisi jamoasiga yordam bera olmaydi
Italiya A Seriyasi navbatdagi turda o‘ynamaydigan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda "Football-Italia" nashri.
Diskvalifikatsiya qilinganlar orasida "Jenoa"dan ham futbolchi bor. "Griffonlar"ning serbiyalik yarim himoyachisi Ivan Radovanovich navbatdagi turni kartochkalari ko‘payib ketgani sababli o‘tkazib yuboradi.
Ushbu tur doirasida "Jenoa" "Spetsiya"ga qarshi bahs olib borishi lozim. 24-aprel sanasida o‘tadigan bahsda genuyaliklar bevosita pog‘ona uchun kurash olib boradi.
Keyingi turni o‘tkazib yuboruvchilar orasida "Kalyari" futbolchisi Raja Naingolan, "Fiorentina" yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura, "Verona" vakili Stefano Sturaro va "Sassuolo" futbolchisi Filip Jurichich ham bor.
Fikrlar