Sport kurashlari. Bugun 2 ta medal qo‘lga kiritdik!

CHERY AUTO

Qozog‘istonda sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kun dasturi yakunlandi. Bugungi bahslar bilan ayollar kurashi bo‘yicha barcha vazn toifalaridagi bellashuvlar nihoyasiga etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Tecno

-57 kg vaznda chempionlik uchun kurashgan Laylo Sobirova yaponiyalik Nanjo Saega 4:11 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush bilan cheklandi. -53 kg vaznda bronza medali uchun xitoylik Li Den bilan bahs olib borgan Aktenge Keunimjaeva 2:6 hisobida imkoniyatni boy berayotgan pallada kuchli iroda namoyish etib, bellashuvni 9:6 hisobida o‘z foydasiga hal eta oldi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!