
Sport kurashlari. Bugun 5 nafar vakilimiz Osiyo chempionatida gilamga chiqadi
Bugun Qozog‘istonning Astana shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha qit’a birinchiligining ikkinchi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.
Ushbu kun dasturida yunon-rum kurashi bo‘yicha qolgan 5 vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugun gilamga chiqadigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Akmal Hamroev – Maito Kavana (Yaponiya)
-67 kg: Abror Ataboev – Firuz Mirzorajabov (Tojikiston)
-72 kg: Jamol Jumaboev – Taishi Xorie (Yaponiya)
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov – Suhrab Abdulhaev (Tojikiston)
-97 kg: Abrorbek Nurmuhammedov – Amanberdi Agamammedov (Turkmaniston)
Manba: MOQ
Fikrlar