Sport kurashlari. U23 Osiyo chempionatining dastlabki kunida 3 ta medal qo‘lga kiritildi!

CHERY AUTO

Iordaniya mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida U23 yosh toifasidagi bahslar boshlandi. Musobaqani bu gal ham yunon-rum kurashi ustalarining bellashuvlari ochib berdi.

Tecno

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, birinchi kun doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor bo‘lishdi.

Sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz:

Oltin medal:
-77 kg: Doniyorxon Nakibov
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov

Kumush medal:
-72 kg: Abdullo Aliev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!