
Sport kurashlari. Yoshlarimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi
Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati start oldi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqaning ilk kunida yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Quvonarlisi, unda polvonlarimiz 3 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan polvonlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-45 kg: Umidjon Karomov
-48 kg: Husniddin Abdukarimov
-55 kg: Sardor Xolmurzaev
Kumush medal:
-51 kg: Hojiakbar Qo‘chqorov
-60 kg: Farruh Yo‘ldoshev
-110 kg: Saidamir Ne’matov
Bronza medal:
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov
Fikrlar