"Sport" telekanali "Paxtakor"ning tarixiy o‘yinini namoyish etadi
"Sport" telekanali O‘zbekiston milliy terma jamoasi, klublarimizning xalqaro maydondagi tarixiy o‘yinlarini namoyish etib kelmoqda.
Telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozilishicha, bugun OChL-2009 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Al Ittifoq" - "Paxtakor" uchrashuvini namoyish etadi. Yodingizda bo‘lsa, o‘sha bahsda "sherlar" safarda 2:1 hisobida zafar quchib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edilar.
Eslatib o‘tamiz, shundan buyon "Paxtakor" OChLda chorak final bosqichiga chiqa olmay kelmoqda.
Fikrlar