SPORTS.uz Belgrad-2021. Bugun O‘zbekiston nomidan qaysi bokschilar ringga chiqadi?

  • 31 oktabr, 2021, 03:33
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Bugun O‘zbekiston sharafini 4 nafar bokschimiz himoya qiladi. Dastlab Shahobiddin Zoirov (-54 kg) yaponiyalik Tomoya Tsuboyiga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 17:00da boshlanadi (V ring).

Lazizbek Mullajonov (+92 kg) angliyalik Orie Delisiosga to‘qnash keladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 20:00da boshlanadi (A ringda).

Abdumalik Xalakov (-60 kg) sloveniyalik Tedach Sernoga bilan jang o‘tkazadi. Uning chiqishi Toshkent vaqti bilan taxminan 22:15da boshlanadi (A ring).

Madiyar Saidrahimov (-92 kg) qozog‘istonlik Aibek Oralbayga to‘qnash keladi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan taxminan yarim tunda 01:00da start oladi (A ring).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Diyorbek 《NASAF》
31/10/2021 12:35
https://youtu.be/lXaxIPmQNv8
&
Muhammad Ali 07
31/10/2021 07:21
Yapon bilan qozoqlarga rōboro qib qōyyaptiku bu AIBA deganlari