SPORTS.uz Belgrad-2021: Jahon chempionatidagi ikki jangda ham g‘alaba qozongan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevning fikrlari

  • 28 oktabr, 2021, 22:52
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirmoqda.

Tecno

Terma jamoamiz uchun kunning oxirgi jangida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg) ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz falastinlik Axmed Xararadan 5:0 hisobida ustun keldi.

Birinchi va ikkinchi jangda g‘alaba qozongan Asadxo‘ja SPORTS.uz saytiga chempionat va raqiblar borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bu g‘alaba zamirida murabbiylar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan to‘g‘ri taktika yotibdi. Murabbiylarimiz bilan raqiblarni o‘rganib, harakatlarini ko‘rib tahlil qilamiz va keyingi janglarda ham g‘alaba qozonishga urinamiz. Endi raqiblar kuchayib boradi. Shuning uchun bo‘lajak janglarga ruhan tayyormiz, - dedi bokschimiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
29/10/2021 15:44
Маладец омадини берсин. Олға бос Аббосхўжа.
&
Бухорий Шариф
29/10/2021 15:44
Асадхўжа.