SPORTS.uz talqini bo‘yicha Evropa ligasi nimchorak final ramziy terma jamoasi

  • 7 avgust, 2020, 17:49
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Murabbiy: Antonio Konte (3-4-3)

“Neraddzurilar” muhim bahsda zafar quchdi. Keyingi bosqichlardagi raqiblarga nazar solsak, Konte shogirdlari qiyin vazifani uddalaganini tushunish mumkin. To‘g‘ri, “Bayer” ham osonlikcha oq bayroq ko‘taradigan jamoa emas. Ammo italyancha futbol namoyish etayotgan Xose Bordalas shogirdlari qarshiligini munosib tarzda sindira olgan “Inter” vakillari musobaqa favoritlaridan ekanliklarini yana bir bor isbotladi. Aynan murabbiyning topqirligi raqiblar ruhini cho‘ktirdi: 83-daqiqada Kristian Eriksen amalda “Xetafe” futbolchilarini sindirgan golini yo‘llab, jamoasining keyingi bosqichga chiqishiga munosib hissa qo‘shdi. E’tiborlisi, u 2 daqiqa avval zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi. Bu erda italiyalik mutaxassisning top darajasi milanliklarga qo‘l keldi. Konte ushbu bahsda odatiy (3-4-3) taktik sxemasidan foydalandi. Shunday ekan bizning ramziy terma jamoamiz ham shu ko‘rinishda saf tortadi.

5f2144e5f11ea826fff9458f6af83

Darvozabon: Rui Patrisiu

Portugaliyalik posbon “Olimpiakos” bilan bo‘lgan uchrashuv qahramoni bo‘ldi. Bahs davomida 5 bor seyv ijro etgan kiper haqli ravishda ramziy jamoamiz postini egalladi. O‘sha zarbalarning 3 tasi jarima maydonchasi ichidan berilgani esa darvozabonning xizmatlarini to‘liqroq ifoda etadi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda ko‘proq faol hujumlar uyushtirgan mehmonlar Patrisiu oldida ojiz qolaverdi. U o‘zining ishonchli harakatlari bilan jamoadoshlariga motivatsiya ulasha oldi. Jamoasining Evropa ligasida ketma-ket 4 uy uchrashuvida “quruq” seriya namoyish etishida portugalning xizmatlari beqiyos.

patrisiu

Himoyachi: Xarri Maguayr

“Old Trafford”da LASK klubini mehmon qilgan “qizil iblislar” safidagi asosiy tarkibning yagona futbolchisi aynan Maguayr edi. O‘zining sardorlik sifatlarini yana bir bor namoyish eta olgan ingliz himoyachisi bahs davomida sheriklarini faollikka chorlab turdi. Qo‘shimchasiga, standartlar vaqtida raqib jarima maydonchasi ichida ham tinib-tinchimadi. Unga orqa chiziqda yordam bergan jamoadoshlarining yosh va kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganligini hisobga olsak, Xarri haqiqiy sardor rolida bexato o‘ynadi.

1596691336-0_GettyImages-1227927198

Himoyachi: Stefan De Vrey

Madridriklar bilan o‘yinda “nerradzurilar” gol o‘tkazib yubormadi. Raqib hujumlarini birin-ketin, xotirjamlik bilan bartaraf etishdi. Himoyaning ishonchli o‘yin ko‘rsatishida esa De Vreyning o‘rni katta. Aynan gollandiyalik fulbek o‘yin davomida 6 marta raqiblarini butkul zararsizlantira oldi. To‘p uzatmalarida ham yuqori aniqlik qayd etdi.

de vrij

Himoyachi: Jyul Kunde

“Roma” taslim etilgan oqshom frantsiyalik yosh iste’dod sohibi faolligi bilan ajralib turdi. Nafaqat raqib hujumlarini buzishda, balki jamoasi oldinga o‘tganida ham Jyul Kunde ko‘p marotaba jonbozlik ko‘rsatdi. Rimliklar zarbalarini bloklash, vaziyatlarini bartaraf etishni uddalagan “Sevilya” vakili bu safar ramziy jamoamiz safida ko‘rinish berdi.

jules-kounde_373362_131-ub-800

O‘ng qanot loteral yarim himoyachisi: Mett Doerti

“Vulverxempton” safida butun o‘yin davomida tinmagan irlandiyalik himoyachi yakunda maqsadiga erishdi: uning jamoasi gol o‘tkazib yubormadi. Ustiga ustak, muhim o‘yinlar oldidan ancha o‘zlariga kelib olishdi. Doerti bir necha marta raqib hujumlarini to‘xtatdi, ko‘p hollarda jamoasi tomonidan uyushtirilgan xavfli vaziyatlarda ishtirok etdi, qanotdan qulay uzatmalar amalga oshirdi.

Endi u ham chorak final uchun mashg‘ulotlarni davom ettirishi lozim. Chunki raqib shafqatsiz “Sevilya”.

2019-12-15T144126Z_2127420116_RC2QVD9FG347_RTRMADP_3_SOCCER-ENGLAND-WLV-TOT-REPORT-e1577962703541

Chap qanot loteral yarim himoyachisi: Serxio Regilon

Lopetegi shogirdlari o‘zlari uchun qulay turnirni shahdam qadamlar bilan davom ettirishmoqda. Ular favoritlar qatorida. Darhaqiqat, bu mavsumda andalusiyaliklar bosh sovrin yo‘lida hech kimni ayamayapti. “Roma” bilan bo‘lgan o‘yin bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu uchrashuvda hisobni aynan qahramonimizning aniq zarbasi ochib berdi. Hech ikkilanmay raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan Serxio yakunda darvozabonni ham ojiz qoldirdi. Ispaniyalik yosh iste’dodning xaridorlari bu o‘yindan so‘ng yana ko‘paydi.

3000

Markaziy yarim himoyachi: Xuan Mata

Evrokuboklarda katta tajribaga ega bo‘lgan Mata anchadan beri o‘yin amaliyotisiz qolayotgan edi. Ammo u LASK klubiga qarshi uchrashuvda to‘liq harakat qilib,hamon asosiy tarkib uchun munosib ekanligini isbotladi. Ko‘p marotaba jamoadoshlarini qulay vaziyatlar bilan ta’minlagan xavbek amalda jamoasiga g‘alaba keltirgan golga hammualliflik qildi. O‘zining aqlli pasi bilan Marsyalni birga-bir holatga chiqarib yuborgan ispan futbolchisi o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eer5yScXsAAq7Y8

Markaziy yarim himoyachi: Lukas Okampos

Argentinalik yarim himoyachi o‘zining omadli mavsumini o‘tkazmoqda. Rimliklar mahv etilgan uchrashuvning eng faol futbolchilari orasida Lukas Okamposni alohida etirof etish joiz. Uning sa’y-harakatlari natijasida ikkinchi gol yuzaga keldi. Undan tashqari, butun uchrashuv mobaynida “jallorossilar” himoyachilariga tinim bermadi.

Chorak final doirasida “bo‘rilar” bilan kechadigan bahsda ham shunday temp kutib qolamiz.

ocampos.siviglia.2019.20.esulta.750x450

Hujumchi: Junior Moraes

“Konchilar” nimchorak final bosqichini yuqori notada yakunlashdi. Shu jumladan, Junior Moraes ham. Qahramonimiz “Volfsburg” bilan o‘yinda dublni rasmiylashtirdi. Endi chorak finalda “Bazel” bilan uchrashuv borligini hisobga olsak, to‘purarlar poygasida qulay imkoniyat hosil qilishi mumkin.

images

Hujumchi: Yonas Vind

Ushbu bosqichda eng sermahsul o‘yin ko‘rsatgan daniyalik forvard o‘z gollari sonini yana 2 taga oshirib oldi. Qo‘shimchasiga, jamoadoshi Falkning aniq zarbasiga uzatma ham ijro etdi. Shu tempni ushlay olsa, Yonas Vind chorak finalda MYu himoyachilariga ham noqulaylik tug‘dira olishi shubhasiz. Voqealar rivojini kuzatamiz.

31606844-0-image-a-27_1596652690633

Hujumchi: Romelu Lukaku

Mavsum avvalida sovrinlar yutish uchun “nerradzurilar” safini to‘ldirgan Lukakuda ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi. Buning uchun undan talab etiladigan yagona narsa hozirgidek faol harakat qilish va raqib posbonlarini ranjitish. Aytish joizki, belgiyalik forvard bu vazifani yaxshi uddalamoqda. “Inter” safida mavsum davomida 30 dan ziyod to‘p kiritgan futbolchilar safidan o‘rin egallagani uning potentsiali yuqori ekanligidan darak bermoqda.

internazionale_cinemaApp_1

sostav

Shiddatli bahslarda o‘zlarini har tomonlama namoyish eta olgan Raul Ximenes, Marsyal, Xandanovich, Vayzinger kabi futbolchilarga bu safar ramziy jamoamizdan joy topilmadi. Ishonamizki, keyingi bosqichlarda ham futbolchilar bu borada bizga shirin tashvish tug‘dirishadi. Qiziqarli futbol spektakllariga boy o‘tayotgan Evropa ligasi bahslari futbol ixlosmandlarini aslo zeriktirib qo‘ymaydi.

 

Javohir Azimov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!