Sports.uz Yotube kanali tarixiy "ATF Championship 1" turnirini 20:00dan jonli ravishda translyatsiya qiladi

  • 30.05.2021 00:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Buxoro shahrining Romiton tumanida joylashgan "Oazis" dam olish maskani bugun ajoyib jang kechasiga mezbonlik qiladi. 

O‘zbek yakkakurash olamining yorqin namoyandasi Muzaffar Radjabov asos solgan yurtimizdagi ilk ATF (Amir Temur Figfthing) Championship promousheni o‘zining tarixiy, ilk turnirini o‘tkazadi. 

Mazkur jang kechasidan 10 ta MMA va 5 ta professional kikboksing janglari o‘rin olgan. Shubhasiz, ushbu tarixiy turnir yuqori darajada o‘tadi. Sababi, yurtimiz va xorijdan juda yuqori saviyadagi jangchilar tashrif buyurgan. 

Shuningdek, bu jang kechasiga bo‘lgan qiziqish yuqori. Zero, mazkur promoushen jahonning nufuzli UFC, "Bellator", ACA promoushenlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shunday ekan, bugungi kutilayotgan janglarga nafaqat yurtimizda balki xorijda ham qiziqishlar yuqori deb aytsak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Shuni inobatga olib, Sports.uz sayti mazkur jang kechasini jonli ravishda efirga uzatishni maqsad qilgan. Demak, bugun soat 20:00 dan Sports.uz saytining Youtube kanalida  "ATF Championship 1"  turnirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jonli ravishda tomosha qiling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!