Srechko Katanets nega "Nasaf" futbolchilarini yig‘inga jalb etmadi?

  • 03.11.2021 13:16
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyida o‘tadigan yig‘inlariga kengaytirilgan tarkib e’lon qilindi. Futbol muxlislari “Nasaf” klubi a’zolari tarkibdan joy olmaganiga e’tibor qaratishgandir.

Xabaringiz bor, “Nasaf” klubi OFK kubogi final bahsida ishtirok etmoqda. Shuningdek, noyabr oyida Superliganing qoldirilgan tur uchrashuvlari ham o‘tkaziladi. Ana shu zich taqvimni inobatga olgan holda, bu safargi yig‘inlarga “Nasaf” futbolchilari jalb etilmaydigan bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets klub futbolchilariga ishonch bildiradi va keyingi yig‘inlarga munosiblarni jalb etishda davom etadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!