Srechko Katanets "Paxtakor" - "Turon" uchrashuvini stadiondan kuzatdi (Foto)

  • 20 avgust, 2021, 00:25
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets bugun kunning ikkinchi yarmida "Bunyodkor" va "Jar" sport majmualariga tashrif buyurib, maydon chimi va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, Srechko Katanets O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Turon" uchrashuvini stadiondan turib tomosha qildi va MTJga nomzod futbolchilarni o‘yinini kuzatdi.

Sloveniyalik mutaxassis "Olimpik" jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan yurtimiz futboli hamda o‘zbekistonlik futbolchilarning potentsiali xususida suhbatlashdi va kelajakda o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Shuningdek, Srechko Katanetsning yordamchilari Olmaliq shahrida bo‘lib, AGMK va "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi bahsni kuzatib bordi.

photo_2021-08-19_21-47-37

photo_2021-08-19_21-47-36

photo_2021-08-19_21-47-37 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
20/08/2021 01:53
Кўпроқ Ўзбек футболини синчковлик билан ўрганин. Омад. Муҳум паллалар бошланмоқда ОК. Янги ЖЧ саралашлари натижа кутамиз Катанецдан..омад...
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
20/08/2021 01:15
Nasaf uyinniga kelsa bulardi beronta yordomchisi fudbolni kurib ketardi har qalay. va asli Nomzod bulib kursatilgan Pahtakorni uyinchilari negizi qerga borib qadalishini urganib chiqardi ham. Hamrabekov Sayfiev. bular shak shubhasiz MTJ asosiy nomzod. chetni kuring Aziz Ganiev. degan uyinchimiz ham bor. Nasafka esa. MTJ tortadigani. Husniddin Aliqulov. Akmal Mazgavoy Sherzod Nasrulloev. Husayin Norchaev. Umar Eshmurodov.