Srechko Katanets: Raqib hali darvozasidan to‘p o‘tkazmagan, pressingda yaxshi ishlaydigan, shakllangan jamoa

  • 29 yanvar, 2024, 14:05
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Tailandga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.

Tecno

– Ikki o‘yin oralig‘ida 7 kun dam oldik. Biz tayyormiz, yigitlar tayyor. Ertaga nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Musobaqa oldidan ham aytganimdek, o‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Bizni oldinda juda qiyin o‘yin kutmoqda. Nimaga ekanligini bilaman. Raqib hali darvozasidan to‘p o‘tkazmagan, pressingda yaxshi ishlaydigan, shakllangan jamoa. Qur’a setkasi bizga omadli keldi, deb o‘ylashyapti. Bu fikrga qo‘shilmagan bo‘lardim. Avval aytib o‘tganimdek, biz juda muhim futbolchilarimizni yo‘qotdik, lekin tarkibdagi yigitlar o‘zlarining eng zo‘r o‘yinlarini ko‘rsatishini kutyapman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ilhomjon Qurbonov
29/01/2024 17:21
Shomurodov qachon safga qaytarkan aniq boʻldimi?
&
Liverpool-Afzal
29/01/2024 15:29
Хавотир олма Сречко, булани целкасидан асарам колмиди. Олга Узбекистан
&
Саидакбар
29/01/2024 14:54
Аббос бошидан уйнащ керек машарипов аббос иккови
Искандар Нарзикулов
29/01/2024 14:36
Курамиз гапларингиз канча тугри