Stadion pochta xizmatiga ijaraga beriladi

  • 06.05.2020 14:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya davlat pochta tarmog‘i bo‘lgan "Pochta Rossiya" kompaniyasi TsSKA klubining uy stadioni hisoblangan "VEB Arena"dan ofislar ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Ushbu binoning yillik ijara puli 1,5 mlrd rublni tashkil qiladi. "Pochta Rossiya" jami hisobda 37 ming kvadrat metr hududni ijaraga olmoqchi.

Stadion rahbari Igor Shuvalovning so‘zlariga ko‘ra, TsSKA rahbariyati klubga pul oqimini yanada ko‘paytirish uchun ofislarning 70% ni ijaraga berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!