
Sterling "Barselona"ga qimmatga tushishi mumkin
"Manchester Siti" vingeri Raxim Sterling "Barselona"ning asosiy transfer maqsadiga aylanib ulgurdi. Biroq bu xaridni amalga oshirish kataloniyaliklar uchun qiyin bo‘lishi kutilmoqda.
"Marca" nashrining ma’lum qilishicha, "shaharliklar" angliyalik futbolchi transferi uchun 80 million evro olishni istamoqda.
Avvalroq, "ko‘k-anorranglilar" Sterlingni qishda ijraga olishi mumkinligi haqida ham xabarlar chiqayotgandi.
Ta’kidlash joiz, Raxim ayni damda "Siti"dagi mavqeidan norozi. Agar ko‘proq o‘yin amaliyoti berilmasa, u yangi chorlovlarni qabul qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi bu mavsum jami 11 ta o‘yinda ishtirok etib, hisobiga 1 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar