Stoykovich "Neftchi"ning mag‘lubiyatini qanday izohladi?

  • 20.03.2022 12:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Neftchi” klubi “So‘g‘diyona”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘yganidan keyin farg‘onaliklarning serbiyalik himoyachisi Daniel Stoykovich Sports.uz muxbiriga mag‘lubiyat sababi haqida gapirdi.

“O‘ylaymanki, jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Faqat ikkita xatoga yo‘l qo‘ydik va bundan raqib foydalanib qoldi. Bizda esa qator qulay imkoniyatlar bo‘lgandi. Ammo jamoamizdan omad yuz o‘girdi. Baribir maqsadimiz sari oldinga intilishda davom etamiz va hammasi yaxshi bo‘ladi. Chunki bizda juda yaxshi jamoa bor. Bu – futbol. Unda esa ba’zida omad yuz o‘girib turadi.

Jamoamiz sardorining jarohat olgani chakki bo‘ldi. Biz unga sog‘lik tilaymiz va tezroq safimizga qaytishini tilab qolamiz”, - dedi legioner.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!