
Suares faoliyatini Bundesliga grandida davom ettirishi mumkin
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suaresning kelajagi haligacha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko‘ra, futbolchi faoliyatini Dortmundning “Borussiya” klubida davom ettirishi mumkin. Boisi, Luisning xizmatlari “asalarilar”ga taklif qilingan.
“Borussiya” yaqinda “Ayaks”dan Sebastyan Allerni xarid qilgan edi. Biroq, shartnoma imzolanganidan unda hujumchidan saraton kasalligi aniqlandi va ivuarlik futbolchi noma’lum muddatga safdan chiqdi. Shuning uchun, Borussiya klubi zudlik bilan yangi hujumchi topishi kerak.
Suaresning oxirgi jamoasi "Atletiko" hisoblanib, u yozda Madrid klubini erkin agent maqomida tark etdi. Avvalroq urugvaylikka Argentinaning “River Pleyt” klubi qiziqish bildirgan, ammo Luis Evropada qolmoqchi ekanligini aytib, rad javobini bergan.
Fikrlar