Suares jarohatidan sog‘aydi. U Amerika kubogida ishtirok eta oladi
"Barselona" klubi hujumchisi Luis Suares jarohatidan sog‘ayib safga qaytdi. U tez orada Amerika kubogida ishtirok etish uchun Urugvay terma jamoasi qarorgohiga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli hujumchi jarohati sabab “Valensiya”ga qarshi Ispaniya kubogi finalida maydonga tusha olmagan edi.
Ma’lumot uchun, Amerika kubogi 14 iyundan 7 iyulgacha Braziliya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Urugvay guruh bosqichida Chili, Ekvador va Yaponiya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar