Suares: "Simeone yordamida o‘zimni yana bir bor isbotladim"

  • 7 may, 18:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Luis Suares "Atletiko" safida 2020–2022 yillarda to‘p surgan va jamoa bilan La Ligani 2020/21 yilgi mavsumda 11 yillik tanaffusdan so‘ng yutgan edi. U shundan keyin ustozi Diego Simeone haqida samimiy fikr bildirdi:

Tecno

"Bu murabbiy menga ko‘p narsalarni o‘rgatdi. U bilan ba’zi masalalarda tortishishingiz mumkin, fikr almashishingiz mumkin, lekin u menga ritm topishda va eng asosiysi – o‘sha kuchsiz tomonimni engishda juda yordam berdi. Men o‘zimning hali ham yuqori darajada o‘ynay olishimni isbotlashim kerak edi.

2020/21 yilgi mavsum ajoyib o‘tdi. Murabbiy va barcha jamoadoshlarim "Atletiko"ni yillardan so‘ng chempion qilishimga yordam berdi" – dedi hozirda "Inter Mayami" forvardi bo‘lgan Suares.

Suaresning o‘sha mavsumdagi 21 ta goli "Atletiko"ning muhim g‘alabalariga katta hissa qo‘shgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!