Suares Urugvay terma jamoasiga chaqirilmadi
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida Urugvay terma jamoasiga chaqirilmadi.
Boisi, terma jamoa bosh murabbiyi Oskar Tabaras 30 yoshli futbolchiga tizzasidan olgan jarohatini davolatib olishi uchun imkoniyat berishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Urugvay terma jamoasi noyabr oyida Avstriya hamda Polsha terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Fikrlar