Suaresni Madridda kutishyapti

  • 10.09.2020 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Atletiko” rahbariyati o‘z tarkibiga Luis Suaresni qo‘shib olishga qaror qildi. Madridliklar Antuan Grizmanni “Barselona”ga sotib yuborgandan beri to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.

Avvalroq, urugvaylik hujumchi yangi jamoa tanlashda shoshilmasligini ma’lum qilib, “Yuventus”ning taklifini qabul qilmagan edi.

Turinliklar bu futbolchiga 2+1 ko‘rinishidagi shartnoma va yiliga 10 million evro maosh taklif qilgandi.

“Atletiko” taklifining moliyaviy tomonlari oshkor qilinmayapti.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!