Sulsher dushmanlik qilmaydi

  • 17 aprel, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher va jamoaning sobiq ustozi Joze Mourinoni o‘zaro taqqosladi.

- Sulsherning davrida hammasi boshqacha ko‘rinish oldi. U o‘yinchini tarkibga kiritmasligi mumkin, lekin hech qachon undan voz kechib yubormaydi. O‘zini xuddi yoqtirmagan futbolchisi klubda yo‘qdek tutmaydi. Mana shu uning Joze Mourinodan ajratib turadigan asosiy omil.

Bir paytlar mening Joze bilan munosabatim yaxshi edi, buni hamma bilardi. Ertasiga esa ora buziladi va nima bo‘lganini hech kim bilmay qoladi. Mourino bilan munosabatlarda bu bosqichdan o‘tganman. Vaziyatni o‘zim to‘la anglamaganim  uchun boshalarga tushuntirib berolmayman, - dedi Pogba.

Mourino 2016-2018 yillarda “Manchester Yunayted”ni boshqargan. O‘sha payt jamoa yulduzlari – Bastian Shvaynshtayger, Xuan Mata, Maruan Fellaini, Pol Pogba kabi futbolchilar bilan munosabati buzilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!