
Sulsher Ibragimovichning MYu ga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovichning jamoaga qaytishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Agar u kelasi oy 28 ga emas 38 ga kirganda farq katta bo‘lardi.
Zlatan bu erda ajoyib damlarni o‘tkazdi, u hamon o‘zini yaxshi his qilmoqda. Afsuski, u bu erda jarohat olgan edi.
Kim biladi, unda meni raqamim bor. Biz u bilan ona tilida gaplashishimiz mumkin, agar u jiddiy qabul qilsa, men Zlatan bilan shaplashishga tayyorman”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.
Fikrlar